Karvonsaroy

O‘zbekistonning “Artel” kompaniyasi Dushanbeda sovutkich ishlab chiqaruvchi zavod quradi

Karvonsaroy

DUSHANBE – O‘zbekistonning elektronika va maishiy uy jihozlari ishlab chiqaruvchi “Artel” kompaniyasi Tojikistonning Dushanbe shahrida sovutkichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonani barpo etmoqchi, deb xabar berdi chorshanba (13-fevral) kuni AKIpress.

“Artel” sovutkichlari bir necha yil avval tojik bozorida sotila boshlaganidan beri mahalliy aholi orasida ancha ommalashgan, dedi Tojikistonning Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi raisi Farruh Hamralizoda.

2018-yilda o‘zbekistonlik tadbirkorlar Tojikistonga 5,3 milliard AQSH dollariga teng investitsiya kiritganlar. Rasmiy ma’lumotlarga koʻra, investitsiya kiritilgan sohalar orasida qishloq xo‘jaligi va parrandachilik ham bor.

O‘tgan yil sentabr oyida O‘sh shahridagi Qirg‘iziston-O‘zbekiston qo‘shma korxonasida “Artel” kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500