Karvonsaroy

Qirg‘iziston hukumati terrorchilikda qumonlangan shaxsni qo‘lga oldi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) xalqaro terrorchilik tashkilotlaridan biriga mansublikda ayblanayotgan qirg‘izistonlikni qo‘lga oldi, deb xabar berdi chorshanba (13-fevral) kuni 24.kg nashri.

28 yashar fuqaro 2014-yilda chet elda diniy ta’lim maskanida o‘qiyotgan vaqtda guruh yollovchilari ta’siriga tushgan. Keyinchalik u oilasi bilan Suriyaga yoʻl olgan, deb xabar beradi GKNB.

GKNB xabariga ko‘ra, gumondor jangarilar lagerida harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, Suriya hukumatiga qarshi urushda qatnashgan va Qirg‘izistonda qo‘lga olingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500