Karvonsaroy

Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida chorakdan koʻproqqa oʻsdi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Yanvar oyida Oʻzbekistonning tashqi savdo hajmi oʻtgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda chorak qismdan koʻproqqa oshgan. Bu haqda Fargʻona News axborot agentligi oʻzbek hukumatiga tayanib xabar qildi.

Yalpi eksport va import hajmi 3,3 mlrd. dollarni (27,7 trnl. soʻm) tashkil etgan. Hukumat maʼlumotlariga koʻra, bunda eksport va import deyarli tenglashgan. 2019-yil yanvar oyidagi umumiy savdo hajmi 2018-yilgi koʻrsatkichdan 26,8 foizga koʻproq boʻldi.

Oltin savdosi qiymat jihatidan eksport hajmining qariyb yarmiga teng boʻldi. Avtomobillar va ehtiyot qismlar importi eng yuqori darajani qayd etib, 709 mln. AQSH dollarini (6 trln. soʻm) tashkil qildi.

Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Janubiy Koreya va Turkiya Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlari boʻlib qolmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500