Karvonsaroy

Soʻrov: Qirg‘izlarning aksariyati ekstremizmni tahdid sifatida koʻradi

Karvonsaroy

BISHKEK – 2018-yilda Respublika xalqaro instituti tomonidan Qirg‘izistonda o‘tkazilgan so‘rovnomadan maʼlum boʻlishicha, unda ishtirok etganlarning deyarli yarmi zo‘ravonlik ekstremizmi mamlakat uchun jiddiy tahdid ekanini bildirgan, deb xabar berdi payshanba (21-fevral) kuni 24.kg nashri.

Tadqiqotda ishtirok etgan 18 yoshdan oshgan 1500 kishidan 49 foizi ekstremizmni jiddiy tahdid deb baholagan bo‘lsa, 26 foiz respondent “nisbatan jiddiy” deb aytgan. Yana 10 foiz odam ushbu savolga javob berolmasligini, faqat 4 foiz ishtirokchi ekstremizmni uncha katta xavf deb sanamasligini maʼlum qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500