http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/02/28/newsbrief-01
Rossiyalik xakerlar Eron rejimi niqobi ostida kiberjosuslik operatsiyasini oʻtkazgani maʼlum boʻldi

AQSH hukumati O‘zbekistonda ta’lim islohotini qo‘llab-quvvatlaydi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Chorshanba (27-fevral) kuni Toshkentda O‘zbekiston va AQSH rasmiylari ta’lim sohasiga oid anglashuv memorandumini imzoladilar, deb xabar beradi AKIpress O‘zbekiston xalq ta’lim vazirligiga asoslanib.

Hujjat O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Elis Uells va USAIDning Osiyo boʻyicha rahbari yordamchisining muovini Xavier Piedra tomonidan imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, AQSH hukumati maslahat berish va o‘qitish metodologiyasini yaxshilash va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish orqali texnik ko‘mak ko‘rsatish bilan O‘zbekistonga ta’lim sektorini islohot qilishga yordam beradi.

Shuningdek, USAID O‘zbekistondagi umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinf o‘quvchilarining mutolaa koʻnikmalari va matematikaga oid bilimlarini baholashga koʻmaklashadi.

AQSH Davlat departamenti Xalq ta’limi vazirligiga maktablarda maslahat xizmatlarini yoʻlga qoʻyish, yangi o‘quv standartlari va darsliklarni ishlab chiqish, ingliz tili o‘qituvchilari uchun treninglar o‘tkazish va bolalar orasida zo‘ravonlik holatlarining oldini olish uchun ularni sport va darsdan tashqari tadbirlarga jalb etishga yordam beradi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha