Tojikiston YI bilan bojsiz eksport boʻyicha muzokaralar olib bormoqda

Karvonsaroy

DUSHANBE – Yevropa Ittifoqi (YI) Tojikiston mahsulotlarining Yevropaga bojsiz eksport qilinishiga ruxsat berishga tayyor, buning uchun mamlakat inson huquqlari, menhat va atrof-muhit muhofazasi, samarali boshqaruvni taʼminlashi lozim. Bu haqda juma (1-mart) kuni Asia-Plus nashri Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish qoʻmitasining matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Tojikiston va YI rasmiylari yaqinda Tojikistonning YI Umumiy imtiyozlar tizimiga (GSP+) qoʻshilishi masalasini muhokama qilganlar.

Tojikiston GSP+ tizimiga qoʻshiladigan boʻlsa, YIga 6400 turdagi mahsulotlarni bojsiz eksport qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Tojikistonning Yevropa Ittifoqi bilan savdo aylanmasi oʻsish salohiyatiga ega. 2018-yilda Tojikiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi savdo aylanmasi 320 mln AQSH dollarini (3,1 mlrd. somoniy) tashkil qildi, bu 2017-yildagiga nisbatan qariyb 33 foizga kam.

Sizga maqola yoqdimi?

1
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha