Karvonsaroy

Qozogʻiston Afgʻonistonda neft loyihalarini amalga oshirmoqchi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozogʻiston Afgʻonistonda neft qazib olish loyihalarini amalga oshirish niyatida. Bu haqda Qozogʻiston sanoat va infratuzilmaviy rivojlanish vaziri oʻrinbosari Timur Toktabayev dushanba (4-mart) kuni parlament majlisidagi chiqishida aytib oʻtdi.

Qozogʻistonning “KazMunayGaz” davlat neft-gaz kompaniyasi va “KazGeologiya” Afgʻonistonda neft qazib olishga oid loyihalar boʻyicha muzokaralar olib bormoqda, dedi u.

Ayni paytda Afgʻonistonda 3 ta istibolli neft-gaz konlarini oʻzlashtirish ustida ish olib borilyapti, yaqin orada bu boradagi natijalar eʼlon qilinadi, dedi u.

Toktabayevga koʻra, ikki mamlakat oʻrtasidagi yillik savdo aylanmasi 520 mln. AQSH dollarini tashkil etmoqda.

Afgʻonistonda neft, mis, berilliy, marganets va qalay zahiralari mavjud. Ayni vaqtda Qozogʻiston Afgʻonistonga bugʻdoy, un, zigʻir urugʻi va tabiiy gaz eksport qiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kulgili )).

Javob berish