Karvonsaroy

Qirgʻiziston savdo va investitsiyalar hajmini oshirish uchun Pokistonga uzluksiz aviaparvozlarni yoʻlga qoʻymoqchi

Karvonsaroy

LAHOR, Pokiston – Qozogʻiston Pokistonga bevosita aviaparvozlarni yoʻlga qoʻymoqchi, maqsad – ikki mamlakat oʻrtasida savdo hajmini oshirish, investitsiyalarni jalb etish va turizmni rivojlantirish. Bu haqda yakshanba (3-mart) kuni Express Tribune nashri Qirgʻizistonning Pokistondagi elchisi Erik Beyshembiyevga asoslanib xabar berdi.

Beyshembiyev bu haqda Lahor savdo-sanoat palatasidagi chiqishida aytib oʻtgan.

“Biz oʻzaro aloqada boʻlib turishimiz zarur”, deb aytgan u.

“Savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar imkon qadar tezroq yoʻlga qoʻyilishi kerak”, dedi Lahor savdo-sanoat palatasi prezidenti Almas Hayder.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo hajmining pastligi biznes va iqtisodiy aloqalarimiz yaxshi rivojlanmaganidan darak beradi“, deb aytgan u savdo hajmining atigi 1 mln. AQSH dollaridan oshiqroq boʻlganini qoʻshimcha qilar ekan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500