Karvonsaroy

Tojik sudi IDga qoʻshilishga uringan fuqaroni 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi

Karvonsaroy

TURSUNZODA, Tojikiston – Tursunzoda shahar sudi “Islom davlati” (ID) guruhiga qoʻshilish va uning safida jang qilishga uringan 23 yashar tojik fuqarosini 12 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda seshanba (5-mart) kuni Tojikiston bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Asia-Plus nashri xabar berdi.

Xabarlarga koʻra, Joʻrabek Sultonov Rossiyada mehnat migranti boʻlib ishlab yurganida ijtimoiy tarmoqlar orqali ID gʻoyalari taʼsiriga tushgan.

U oʻtgan yil noyabrda ID safiga qoʻshilish niyatida Moskvani tark etgan va Kiyev orqali Istambulga borgan.

U oʻtgan yil dekabrda noqonuniy ravishda Suriyaga oʻtishga uringan vaqtda Turkiya huquq-tartibot organlari tomonidan qoʻlga olingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500