Karvonsaroy

XVJ va Tojikiston rasmiylari yangi koʻmak dasturini muhokama qildilar

Karvonsaroy

DUSHANBE – Iqtisodchi Padamya Xandelval rahbarligidagi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) missiyasi Dushanbeda Tojikiston uchun moʻljallangan yangi yordam dasturi yuzasidan muzokaralar olib bordi. Bu haqda chorshanba (6-mart) kuni Asia-Plus nashri Tojikiston Milliy bankiga (TMB) tayangan holda xabar berdi.

XVJ va TMB vakillari dasturni ishga tushirish boʻyicha kelishuvga erishish maqsadida 4-mart kuni Dushanbe shahrida uchrashuv oʻtkazgan edilar.

Xandelval mamlakatning kredit portfelida muddati oʻtgan kreditlar ulushining kamayganini qayd etgan.

Uning taʼkidlashicha, Tojikiston tashqi qarzini kamaytirishi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishi, zamonaviy moliyaviy vositalarni ishga solishi va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishi zarur.

Uchrashuv chogʻida TMB rahbari Jamshed Nurmahmadzoda XVJga barcha zaruriy axborotni taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

Nurmahmadzoda fevral oyi boshida Dushanbeda jurnalistlar bilan uchrashib, Tojikiston mart oyida XVJning 220 mln. dollarlik (2 mlrd. somoniy) kreditini olishga umid qilayotganini aytgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500