Karvonsaroy

Qozogʻistonda jinoyatlarni samaraliroq tergov qilish masalalariga bagʻishlangan anjuman oʻtkazildi

Karvonsaroy

OLMAOTA – Chorshanba-payshanba (6-7-mart) kunlari Olmaota yaqinidagi Oqbuloq shahrida Qozogʻiston rasmiylari va germaniyalik mutaxassislar ishtirokida mamlakatda jinoyatlarni tergov qilish samaradorligini oshirishga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi. Bu haqda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) xabar beradi.

Anjuman YXHT tomonidan Qozogʻiston Bosh prokuraturasi, Konstitutsiyaviy kengash va Oliy sud bilan hamkorlikda, xalqaro huquqiy hamkorlik boʻyicha Germaniya fondi koʻmagi bilan tashkil etildi, deyiladi xabarda.

Tadbirda hukumat idoralari, huquq-tartibot va sud organlari, ilmiy doiralar, Advokatlar uyushmasi, nodavlat tashkilotlarning 60 dan ortiq yuqori lavozimli vakillari, shuningdek, Qozogʻiston va germaniyalik huquq sohasi ekspertlari ishtirok etdi.

Ikki kunlik anjuman YXHTning Qozogʻistonda jinoiy qonunchilik sohasidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan saʼy-harakatlari doirasida oʻtkazildi.

Anjuman davomida Bosh prokuratura tomonidan jinoiy va jinoiy-protsessual qonunchilikni takomillashtirishga oid qonun loyihasi konsepsiyasi taqdim taqdim etildi.

Ishtirokchilar mavjud sud oldi amaliyotlari, jinoiy sudlovning asosiy muammolari va sudyalarni tanlov asosida saralashning yangi yondashuvlarini muhokma qildilar, deyiladi xabarda.

Shuningdek, mutaxassis va rasmiylar adliya ishlarida fuqarolarning ishtiroki, jumladan, sud maslahatchilari vakolatlarini kengaytirish zarurligini taʼkidladilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500