Shvetsiya sudi uch Markaziy Osiyolikni “Islom davlati” hujumini rejalashtirganlikda aybladi

Karvonsaroy

STOKHOLM, Shvetsiya – O‘tgan haftaning juma (8-mart) kuni Stokholm sudi uch nafar Markaziy Osiyolikni Shvetsiyada “Islom davlati” nomidan terrorchilik hujumini rejalashtirganlikda aybladi, deb xabar berdi OAV.

Sudlanuvchilarning ikki nafari O‘zbekistonda tug‘ilgan – 46 yashar David Idrisson 2008-yildan beri Shvetsiyada yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi boʻlib, u mamlakatda doimiy yashash huquqiga ega boʻlgan, deb xabar beradi Reuters. Sud unga yetti yillik qamoq jazosi belgiladi, bu muddatni oʻtagach, u deportatsiya qilinadi.

Sud maʼlumotlariga koʻra, Idrisson bomba yasash uchun kimyoviy moddalar sotib olgan va bomba yasash qo‘llanmalaridan foydalangan.

Oʻzbek millatiga mansub yana bir ayblanuvchi Bahtiyor Umarovga terrorchilikni moliyalashtirish va soxta hujjatlardan foydalanish aybi bilan olti oy qamoq jazosi belgilandi, deb xabar bergan Fergana News Shvetsiyaning “Expressen” nashriga tayanib.

“Expressen” xabariga ko‘ra, ayblanuvchilarning uchinchisi – qirg‘iz fuqarosi Attabek Abdullayev soxta hujjatlardan foydalanganlikda ayblandi. U 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.

“Expressen” yana uch mahbusni tilga olgan, ularning faqat yoshlari ochiqlangan. Ulardan ikki nafariga qisqa muddatli qamoq jazosi belgilangan, uchinchisi oqlangan.

Sizga maqola yoqdimi?

0
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha