Karvonsaroy

Oʻzbek rasmiysi diniy mavzudagi fikr-mulohazalari sabab tahdidlar ostida qoldi

Karvonsaroy

TASHKENT – Internetda koʻpxotinlik va paygʻambar Muhammad alayhissalom haqida fikr-mulohaza bildirish ortidan tahdidlarga duch kelgan oʻzbek mansabdori majburiy taʼtilga chiqarildi va ichki ishlar idoralari himoyasiga olindi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) chorshanba, 13-mart kuni.

Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining oʻrinbosari, 35 yashar Nargiza Rahimova 3-mart kuni RFE/RL oʻzbek xizmatining Facebook sahifasida koʻpxotinlikni yoqlab chiqqan foydalanuvchining fikr-mulohazasiga javob qaytarib, paygʻambar, uning birinchi rafiqasi Hadicha va kuyovi Ali (r.a.) kabilarni tilga olgan.

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasidagi anonim manbaning RFE/RL oʻzbek xizmatiga maʼlum qilishicha, huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda Rahimovani ishdan boʻshatish talablari va tahdidlarning avj olishi ortidan ehtiyot choralarini kuchaytirganlar.

9-mart kuni Rahimova “Azon TV” telekanalida videomurojaat bilan chiqib, ommadan uzr soʻragan. Biroq, bosimlar tinmagani tufayli u ijtimoiy tamoqlaridagi barcha akkauntlarini oʻchirib tashlagan.

Din ishlari qoʻmitasi Rahimova bilan bogʻliq voqeaga bevosita izoh bermagan boʻlsa-da, uning bayonotida “fuqarolarning diniy eʼtiqodi bilan bogʻliq his-tuygʻularini haqoratlaganlik uchun qonunda javobgarlik belgilangani” aytiladi.

Fergana News nashriga maʼlum boʻlishicha, prezident Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga Rahimovani jazoga tortish, uni ishdan boʻshatish boʻyicha yuzlab murojaatlar kelgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500