Karvonsaroy

Tojik-qirgʻiz chegarasida toʻqnashuv yuz berdi

Karvonsaroy va AFP

DUSHANBE – Tojikiston-Qirgʻiziston chegarasidagi yoʻl qurilishiga oid loyiha sabab kelib chiqqan toʻqnashuv natijasida bir nafar tojik fuqarosi halok boʻlgan, 11 odam jarohatlangan. Bu haqda payshanba (14-mart) kuni Tojikiston tomoni maʼlum qilgan.

Tojikiston chegara xizmati maʼlumotlariga koʻra, chorshanba (13-mart) kuni bir guruh tojik fuqarolari Qirgʻizistonning loyihaga oid rejalariga norozilik bildirganlar. Chegaraning ikki tomonida turgan odamlar bir-birlarini toshboʻron qilganlar, oʻq ovozlari eshitilgan.

Qirgʻiziston chegara xizmati otishma yuz berganini tasdiqlagan, biroq, oʻlim hodisasi haqida maʼlumot bermagan.

Nizo Markaziy Osiyo mamlakatlari sovet oʻtmishini yengib oʻtishga intilayotgan bir paytda sodir boʻldi – tarixda Kremlning ushbu davlatlar oʻrtasida chegaralar belgilab, ularni bir-biriga qarshi qayrashi etnik va hududiy kelishmovchiliklar sonini oshirgan.

Qirgʻiziston tomoni nizo tufayli yopilgan tumandagi ikki yoʻlni ochish boʻyicha qoʻshni mamlakat rasmiylari bilan muzokaralar olib borilayotganini maʼlum qildi.

2013-2014-yillarda chegaradagi bahsli hududlar muammosini hal etilganidan beri Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi savdo hajmi oshib borayotgan edi.

Oʻtgan yilning iyulida Markaziy Osiyoning besh mamlakati yetakchilari Bishkekda yigʻilib, chegaradagi bahsli hududlar, savdo, suv va turizm masalalarini muhokama qilgan edilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Putin mart oyida Qirgʻizistonga uchib keladi. Aftidan, zamin hozirlab, qoʻrqitishga urinadiganga oʻxshaydi.

Javob berish

Har doimgidek hammasiga Kreml va sovet oʻtmishi aybdor. Uyat emasmi?

Javob berish

Kremlning izlari borga oʻxshaydi

Javob berish