Jeenbekov: Qirgʻiziston AQSH va Birlashgan Qirollik bilan hamkorlikni jadallashtiradi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston AQSH va Birlashgan Qirollik bilan hamkorlikni jadallashtirish niyatida. Bu haqda payshanba (14-mart kuni) 24.kg nashri Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovga tayanib xabar bergan.

Jeenbekov bu haqda Qirgʻizistondagi diplomatik missiyalar rahbarlari bilan uchrashuvi chogʻida aytib oʻtdi.

“Biz Qoʻshma Shtatlar va Birlashgan Qirollik bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga oid ishlarni jadallashtiramiz”, dedi u.

“Hozirgi vaqtda AQSH bilan hamkorlikka oid yangi kelishuv loyihasi muvofiqlashtirilmoqda”, dedi Jeenbekov. “Shartnomani muhokama etish asnosida oʻzaro manfaatlar hisobga olinishi zarur. Yaqinda noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan 4,6 mln. AQSH dollari (321,2 mln. qirgʻiz soʻmi) hajmidagi aktivlarning qaytarilgani ishning muvaffaqiyatli boshlanishiga zamin boʻldi. Ishni shu tarzda davom ettirish lozim.”

Jeenbekov savdo, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Germaniya, Shveytsariya, Fransiya, Vengriya va Ozarbayjonga ham rasman tashrif buyurishi haqida maʼlum qilgan.

Qirgʻiziston Fransiya va Italiyada ham diplomatik vakolatxonalar ochishni rejalashtirmoqda, sababi bu mamlakatlarda yashovchi qirgʻizlar soni koʻpaymoqda, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

7
0
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat Captcha
| 2019-03-18

Toʻgʻri. Amerika bilan hamkorlik qilish yaxshi.

Javob berish