Qirg‘iziston va Tojikiston chegaradagi to‘qnashuvlardan so‘ng muzokaralarni davom ettirmoqdalar

Karvonsaroy

VORUX, Tojikiston – Tojikiston va Qirg‘iziston rasmiylari chegaradagi ikki tojik fuqarosining oʻlimi hamda 30 nafar tojikistonlik va qirg‘izistonlikning jarahotlanishiga sabab boʻlgan to‘qnashuvlardan so‘ng vaziyatni yumshatishga harakat qilmoqdalar, deb xabar berdi ikki davlat ommaviy axborot vositalari.

Rasmiylar juma (15-mart) kuni Tojikistonning Vorux shahrida muzokara olib borganlar. Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Azim Ibrohim o‘z davlati delegatsiyasiga boshchilik qilgan bo‘lsa, uning qirg‘izistonlik hamkasbi Jenish Razakov qirg‘iz delegatsiyasi rahbari sifatida muloqotda ishtirok etgan.

Qirg‘iziston hukumati Botken shahri yaqinidagi chegaraning bahsli hududida joylashgan Oqsal va Ko‘ktosh qishloqlari aholisini evakuatsiya qildi, deb xabar bergan rasmiylar juma kuni.

Ikki davlat xavfsizlik xizmatlari chegara hududlarini barqarorlashtirish ustida ish olib bormoqda.

To‘qnashuv chorshanba (13-mart) kuni Qirg‘izistonning chegarada yo‘l qurish loyihasiga tojiklarning norozilik bildirishi ortidan yuzaga kelganedi. Voqea joyida toshboʻron va otishma kelib chiqqan. Qirgʻizistonlik militsiya xodimi koʻkragidan oʻq yeb halok boʻlgan, deb xabar beradi AFP.

Xavotirli vaziyat payshanba (14-mart) kuni avjiga chiqqan, shu kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov telefon orqali chegaraga oid muzokaralar oʻtkazish va qo‘shma tergov olib borishni muhokama qilganlar. Bu haqda Jeenbekovning matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy Osiyo chegaralaridagi bahslar Sovet davridan qolgan muammolardan boʻlib, oʻsha vaqtda Kreml etnik va hududiy nizolarni kuchaytirish maqsadida atayin chegaralar belgilagan edi.

O‘shandan beri Markaziy Osiyodagi besh mamlakat barqarorlik oʻrnatishga harakat qilib kelmoqda. O‘tgan yilning iyul oyida Markaziy Osiyoning 5 davlati tashqi ishlar vazirlari Bishkekda chegara, savdo, suv va turizm masalalari borasida muzokara o‘tkazgan edilar.

Sizga maqola yoqdimi?

2
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha