AQSH BMTni Shinjondagi inson huquqlari buzilishiga barham berishga chaqirdi

Karvonsaroy

JENEVA, Shveytsariya – 13-mart kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Shveytsariyaning Jeneva shahridagi BMT idorasida “bir milliondan ortiq uygʻurlar, etnik qozoqlar, qirgʻizlar va boshqa musulmon ozchiliklari vakillari tutqunlikda ushlab turilgan Shinjonda inson huquqlarining davomli va qoʻpol buzilishlari toʻgʻrisida xabardorlikni oshirishga bagʻishlangan tadbir oʻtkazdi. Islomiy ozchiliklar guruhlari 2017-yilning aprelidan buyon hibsda saqlanmoqda”, deyiladi AQSHning Bishkekdagi elchixonasi tarqatgan bayonotda.

AQSH Germaniya, Kanada, Niderlandiya va Birlashgan Qirollik bilan birga BMTni ushbu muammoga ustuvor ahamiyat qaratishga chaqirgan.

Hukumat mansabdorlari, ekspertlar va qatagʻonlarni boshdan kechirgan shaxslar oʻz chiqishlarida Shinjonda inson huquqlari va asosiy erkinliklarning buzilish koʻlami va jiddiyligini qayd etdilar.

Anjuman ishtirokchilari Shinjondagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha xalqaro hamjamiyat tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan choralarni muhokama qilganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

18
2
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat Captcha
Comment bubble | 2019-03-21

Xitoydagi hozirgi vaziyat 1930 chi yillarning Gitler Germaniyasini eslatadi. U yerda ham usha paytlarda,hozirgi Xitoyda ham 'titul millatlni" "eng uqori irq"ligiga da`vo qilish harakatlari bor,bo`lgan va bu qanday natijalarga olib kelganligini butun dunyo biladi. Ikkinchi Jahon urushida 50 000 000 inson nobud bo`lgan.Agar butun dunyo usha payt Germaniyga birlashganday birlashmasa,bugungi Xitoy o`z imperialistik harakatlari natijasida va o`z moliyaviy va iqtisodiy imkoniyatlari bilan dunyo hamjamiyatiga Germaniya fashizmidan ham kattaroq zarar keltirishi mumkin. Nafaqat uyg`urlar genocidi,balki insoniyat genocidi guvohi bo`lishimiz mumkin.Dinsiz hukumatlar uchun hech narsa to`siq bo`laolmaydi,ayniqsa kommunistlar uchun.

Javob berish