Karvonsaroy

Qirgʻiziston va Tojikiston chegara masalasida kelishib oldi

Karvonsaroy

BOTKENT VILOYATI, Qirgʻiziston – Qirgʻiziston va Tojikiston bosh vazirlari oʻrinbosarlari Jenish Razakov va Azim Ibrohim dushanba (18-mart) kuni qirgʻiz-tojik chegarasidagi nizoni hal etishga oid protokolni imzoladilar. Bu haqda Qirgʻiziston hukumati bayonot bergan, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Tomonlar Koʻktosh – Oqsoy – Tomdiq avtomobil yoʻlida qurilish ishlarini davom ettirishga kelishib olganlar.

“Chegara tumanlarida transport aloqasi toʻliq tiklanadi”, deyiladi xabarda. “Bosh vazir oʻrinbosari Jenish Razakovning qayd etishicha, protokol ikki mamlakat manfaatlarini eʼtiborga olgan holda imzolangan. Shu bilan birga, u tegishli davlat organlari rahbarlari va mahalliy aholi vakillari bilan birga Koʻktosh – Oqsoy – Tomdiq avtomobil yoʻli qurilayotgan joyni koʻzdan kechirdi.”

Qirgʻiziston va Tojikistonning tergov guruhlari chegaradagi vaziyat oqibatlarni oʻrganib chiqadilar, deyiladi qirgʻiz hukumatining bayonotida.

Chegaragi toʻqnashuv chorshanba (13-mart) kuni sodir boʻlgan. Chegara yaqinida yashovchi tojiklar Qirgʻizistonning ushbu hududda avtomobil yoʻli qurish loyihasiga norozilik bildirganlar. Voqea joyida toshboʻron va otishma yuzaga kelgan. Oqibatda ikki tojikistonlik hayotdan koʻz yumgan.

Shuningdek, qirgʻizistonlik militsiya xodimi koʻkragidan oʻq yeb, halok boʻlgan, deb xabar beradi AFP.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500