http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/03/25/newsbrief-01

Qirgʻiziston xavfsizlik kuchlari xodimlari radikallashuvning oldini olish boʻyicha YXHT seminarida ishtirok etdi

Karvonsaroy

BISHKEK – Juma (22-mart) kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti tomonidan Qirgʻiziston xavfsizlik xizmati xodimlari uchun oʻtkazilgan zoʻravonlik ekstremizmi va radikallashuvga qarshi kurashga bagʻishlangan 5 kunlik seminar yakunlandi.

Qirgʻiziston Qurolli kuchlari bosh shtabi, Davlat mudofaa qoʻmitasi, Davlat chegara xizmati, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Jazoni ijro etish davlat xizmati xodimlari “Milliy xavfsizlikka tahdid boʻlgan terrorizmga olib boruvchi zoʻravonlik ekstremizmi va radikallashuv” mavzuidagi treningda ishtirok etdilar.

Qirgʻizistonning diniy sohadagi siyosati, radikallashuv sabablari va ekstremistik mafkura tarqalishining oldini olish usullarini oʻrgandilar.

Seminar Qirgʻizistonda terrorizm, ekstremizm va radikallashuvga qarshi kurashga oid siyosiy hujjatlar bilan ishaydigan xavfsizlik sohasi xodimlarining malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir YXHT tomonidan Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha