Karvonsaroy

Afgʻoniston chegarasida mina portlashi tufayli tojik fuqarosi halok boʻldi

Karvonsaroy

BISHKEK – Oʻtgan shanba (23-mart) kuni Afgʻoniston bilan chegaradosh Xatlon viloyatida minaga duch kelgan tojik fuqarosi hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda Asia-Plus nashri Tojikiston ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar bergan.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, Dashtijum qishlogʻi jamoatidan boʻlgan Moʻtabar Nazarov Shohin (sobiq Shoʻroobod) chegara tumanida oʻt-oʻlan terib yurganida minani bosib olgan.

Tojikiston mudofaa vazirligiga koʻra, minalar 1992-1997 yillardagi fuqarolar urushi vaqtida Afgʻonistondagi Birlashgan tojik muxolifati (BTM) jangarilarining kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tojik-afgʻon chegarasida oʻrnatilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500