Karvonsaroy

Rossiyada ishlab chiqarilgan vertolyot halokatga uchradi, 13 qozoq harbiysi halok boʻldi

AFP

OLMAOTA – Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatida harbiy vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida uning bortida boʻlgan 13 harbiy xizmatchi hayotdan koʻz yumgan, deb xabar berdi Qozogʻiston mudofaa vazirligi payshanba (28-mart) kuni.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-8 vertolyoti chorshanba (27-mart) kuni halokatga uchragan.

“13 harbiy xizmatchi oʻz jangovar vazifasini oʻtash chogʻida halok boʻldi”, deyiladi xabarda.

Qozogʻistonning yangi prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev Twitter sahifasida halokat sabablarini tergov qilishga buyruq bergani haqida yozdi.

Yaqinda Mi-8 bilan bogʻliq bir nechta halokat yuz bergan. Oʻtgan yilning avgust oyida Sibirda shu rusumli vertolyotning qulashi oqibatida 18 kishi halok boʻlgan edi.

Mudofaa vazirligi halokat qurbonlarining oilalariga kompensatsiya puli toʻlanishini maʼlum qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500