Karvonsaroy

Tojikiston tashqi ishlar vaziri BMT diplomatlarini Dushanbeda oʻtajak anjumanga taklif etdi

Karvonsaroy

NYU YORK – Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) aʻzo mamlakatlarni Dushanbeda narkotiklarning noqonuniy aylanmasi va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash mavzuiga bagʻishlab oʻtkaziladigan anjumanda qatnashishga taklif etdi, deb xabar berdi juma (29-mart) kuni Asia-Plus.

Muhriddin payshanba (28-mart) kuni Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashining “Terrorizmning moliyaviy manbalariga qarshi kurash” mavzuidagi yigʻilishida soʻzga chiqqan.

U yigʻilish ishtirokchilarini 16-17 may kunlari Dushanbeda oʻtadigan “Terrorizm va uning moliyaviy manbalari, jumladan, narkotiklarning noqonuniy aylanmasi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzuidagi anjumanda qatnashishga chaqirdi.

Muhriddin Tojikiston hukumatining xalqaro terrorizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi olib borayotgan choralarini alohida urgʻulagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500