HRW Qirgʻizistondan Putinga qarshi namoyishga chiqqanlarga nisbatan ayblovni bekor qilishga chaqirdi

Karvonsaroy

BISHKEK – Human Rights Watch tashkiloti oʻtgan juma (29-mart) kungi bayonotida Qirgʻizistonni “millatlararo adovat qoʻzgʻashda” ayblangan juftlikka nisbatan ochilgan ishni bekor qilishga chaqirdi. Mazkur juftlik Rossiya prezidenti Vladimir Putinning payshanba (28-mart) kuni Bishkekka tashrifi chogʻida namoyishga chiqqan edi.

48 yashar Nurlan Karimshakov va 38 yashar Gulzana Imayevalar Putinning tashrifidan bir kun avval, oʻtgan haftaning chorshanbasida (27-mart) Bishkekdagi Rossiya elchixonasi oldida Putinga qarshi plakatlarni ushlab turganlar.

Rossiya prezidentiga nisbatan tanqidiy qarashlarni ommatan bildirish – ham qirgʻiz, ham xalqaro qonunchilik tarafidan himoya qilinadigan soʻz erkinligiga muvofiqdir”, deyiladi HRWning Markaziy Osiyo boʻyicha katta ilmiy xodimi Mihra Ritmann. “Qirgʻiziston hukumati ushbu asossiz ayblovlarni bekor qilishi va ishni yopishi kerak”.

Sizga maqola yoqdimi?

2
3
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha