DUSHANBE – Oʻtgan yili Rossiyadan aksari mehnat migrantlaridan iborat 966 nafar tojik fuqarosining jasadi vataniga qaytarilgan. Bu haqda yakshanba (31-mart) kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining tojik xizmati olingan rasmiy hisobotga tayanib maʼlum qildi.
CA-News.org xabariga koʻra, bu koʻrsatkich 2017-yilgiga (873 nafar) nisbatan 93 taga koʻp boʻlgan.
2018-yilgi qurbonlar orasida zoʻravonlik tufayli halok boʻlgan 25 tojik fuqarosi ham bor, deyiladi xabarda. Hisobotda (Tojikistondagi) ayrim idoralar “xorijda oʻlgan tojik fuqarolarining sonidan” xavotirda ekani aytiladi, deb xabar beradi RFE/RL tojik xizmati.
Faqat tojiklar emas, hammamiz ertami kechmi o‘lamiz.
Javob berishFikrlar 2
Bu tojiklarga qarshi genosid
Javob berishFikrlar 2