Karvonsaroy

Afgʻon va oʻzbek rasmiylari tinchlik jarayoni va iqtisodiy aloqalarni muhokama qildilar

Karvonsaroy

KOBUL – Yakshanba (31-mart) kuni Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rahbarligidagi delegatsiya bilan tinchlik jarayonini muhokama qildi. Bu haqda TOLOnews Afgʻoniston prezidentining matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

“Tolibonlar afgʻon hukumarti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokalar oʻtkazish istagini bildirsa, Oʻzbekiston ushbu muzokaralarga mezbonlik qilishga tayyor”, dedi Kamilov.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar har qachongidan ham aʼlo, qoʻshma infratuzilmaviy loyihalar esa kelajakda ushbu aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi, dedi u.

Gʻani Oʻzbekistonning tinchlik muzokalariga mezbonlik qilish istagini yuqori baholar ekan, Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishdagi rolini alohida qayd etdi.

2017-yilda Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida tomonlar iqtisodiyot, transport, xavfsizlik, energetika, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va oliy taʼlim sohalariga oid 20 dan ortiq kelishuvni imzolagan edilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500