AQSH va Markaziy Osiyo rasmiylari biznes imkoniyatlarni muhokama qildilar

Karvonsaroy

VASHINGTON, KO – AQSH va Tojikiston ishbilarmonlar kengashi juma (29-mart) kuni Vashingtonda “Markaziy Osiyoda biznes yuritish” deb nomlangan davra suhbatini o‘tkazdi, deb xabar berdi Asia-Plus payshanba (4-aprel) kuni Vashingtondagi Tojikiston elchixonasiga asoslanib.

1991-yilda Tojikiston mustaqillikka erishganidan beri Qo‘shma Shtatlarning Tojikiston bilan iqtisodiy va xavfsizlik sohalaridagi aloqalari barqaror suratda o‘sib bormoqda. Tojikiston va Afg‘oniston 1344 km uzunlikdagi umumiy chegaraga ega.

Muloqotda AQSH hukumati rasmiylari, Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston elchilari, biznes-hamjamiyat va tahlil markazlari vakillari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar oʻz mamlakatlaridagi tijoriy va investitsiyaviy imkoniyatlar hamda savdo va investitsiyalar borasidagi hukumat tashabbuslarini muhokama qildilar.

Tojikistonning Qo‘shma Shtatlardagi elchisi Farhod Salim ishtirokchilarga Tojikistonda biznesni rivojlantirishga oid tashabbuslar, iqtisodiy islohotlar va mamlakatda qulay investitsiyaviy muhit yaratilayotgani haqida so‘zlab berdi.

AQSH va Tojikiston biznes kengashi 2016-yilda tashkil etilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

2
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha