Karvonsaroy

Markaziy Osiyolik sudlanuvchilar Rossiya kuch tuzilmalarini qiynoqlar qoʻllashda aybladi

Karvonsaroy

SANKT-PETERBURG, Rossiya – 2017-yil aprelda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi metro portlashiga aloqador bir necha sudlanuvchi Rossiya huquq-tartibot organlari tarafidan qiynoqlarga duchor qilinganini aytdi. Bu haqda chorshanba (3-aprel) kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) xabar bergan.

Xudkush Akbarjon Jalilov 15 yo‘lovchining o‘limiga sabab bo‘lgan. U o‘zbek millatiga mansub Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan, deydi rasmiylar. Seshanba (2-aprel) kuni unga sheriklikda ayblangan 11 kishi ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Da’volarga ko‘ra, rossiyalik huquqni muhofaza qilish xodimlari 11 kishidan to‘rt nafarini qiynoqqa solgan. Muhammadyusuf Ermatovning so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan elektroshokerlar qo‘llanilib, Federal xavfsizlik xizmatlarining (FSB) “maxfiy qamoqxonasiga” olib borilgan. Bu haqda rossiyalik inson huquqlari faoli Yana Teplitskaya xabar bergan.

Kuch ishlatar tuzilmalar Ermatovni 2017-yil aprel oyida qo‘lga olgan, ammo bu fakt oshkor etilguniga qadar u maxfiy joyda ushlab turilgan, dedi u.

Ermatovning boshiga qop kiydirishgan, uni kaltaklashgan, yemaksiz va suvsiz qoldirishgan, deb qo‘shimcha qildi Teplitskaya.

Ermatov ukasi Ibragimjon ham qiynoqqa solinganini aytmoqda.

Yana ikki sudlanuvchi, aka-uka Abror va Akram Azimovlar ham hibsga olinganlaridan sonʻg qiynoqlarga duchor qilinganliklari haqida xabar beishgan.

Barcha 11 nafar sudlanuvchi Markaziy Osiyolik boʻlib, sobiq Sovet davlatlari fuqarolaridir. Seshanba kuni ularning bari aybsiz deb topilgan.

Rossiya rasmiylari bu borada hech qanday izoh bermaganlar.

Inson huquqlari faollari va G‘arb davlatlariga koʻra, Rossiyada huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan qiynoqqa solish holatlari ko‘p uchraydi. Rossiyadagi Markaziy Osiyolik migrantlar hukumat tarafidan boʻlayotgan ta’qib va boshqa haqoratlar haqida tez-tez shikoyat qilib turadilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500