Karvonsaroy

Qirg‘izistonda jangarilikka yollashda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) 24 yashar fuqaroni qo‘lga oldi – u xalqaro terrorchilik tashkilotiga a’zolikda va qirg‘izlarni Suriyada jang qilishga yollashda ayblanmoqda, deb xabar bergan 24.kg nashri chorshanba (3-aprel) kuni.

GKNB gumondor ism-familiyasining bosh harflarinigina ochiqlagan – A. I.

Chet elda mehnat migranti boʻlib ishlagan gumondor boshqa bir qirgʻizistonlik shaxs – X. R. ga Suriyada jang qilish uchun Turkiyaga jo‘nab ketishga yordamlashgan.

A. I. shuningdek, terrorchilik tashkilotini moliyalashtirish uchun X. R.ga pul yuborishda ham ayblanmoqda.

Gumondor jangarilikka yollash kanallarini yoʻq qilishga qaratilgan operatsiya doirasida hisbga olingan, deb xabar berdi GKNB.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500