Karvonsaroy

Qozog‘iston va O‘zbekiston xavfsizlik xizmati rasmiylari Toshkentda maslahat uchrashuvini o‘tkazdilar

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Qozog‘iston va O‘zbekiston rasmiylari Toshkentda xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun uchrashdilar. Bu haqda juma (5-aprel) kuni Kazinform nashri Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib xabar bergan.

Qozog‘iston xavfsizlik kengashi kotibi Kalmuxanbet Kassimov boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan muzokara o‘tkazdi.

Tomonlar ikki davlatga tegishli xavfsizlik muammolarini muhokama qildilar va ekstremizmning oldini olish masalasida tajriba almashdilar.

Shu bilan birga, Markaziy Osiyoda barqarorlik va o‘zaro ishonchni ta’minlash, mintaqaviy xavfsizlik va Afg‘onistonning barqaror rivojlanishi masalalari ham koʻrib chiqildi.

Tomonlar ikki mamlakatning kontrabanda hamda bojxona qoidalarining buzilishiga qarshi kurashida chegara xizmatlari va bojxona organlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar. Umumiy chegara hududlaridagi punktlarni zamoniylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500