Karvonsaroy

AQSH Qirgʻizistonda inson huquqlari sohasidagi yutuqlarni olqishlamoqda

Karvonsaroy

BIShKEK – AQSH Davlat departamentining yangi hisobotida Qirgʻizistonning inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi “sezilarli yutuqlari” tilga olingan, deyiladi Bishkekdagi AQSH elchixonasining chorshanba (17 aprel) kungi bayonotida.

Qirgʻiziston respublikasida inson huquqlariga oid hisobot AQSH Davlat departamenti tomonidan seshanba (16 aprel) kuni qirgʻizva rus tilida chop etilgan.

Hisobotga koʻra, “Qirgʻiziston hukumatining qiynoqlar qoʻllanishini nazorat qilish va ularga yoʻl qoʻymaslik ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatgani” va “xotin-qizlar va ozchiliklarning siyosiy jarayondagi ishtiroki” yutuqlar qatorida tilga olingan.

AQSHning Qirgʻizistondagi elchisi Donald Lu Qirgʻiziston respublikasini inson huquqlari sohasida soʻnggi besh yil ichidagi eng ijobiy hisobot bilan tabrikladi, deyiladi elchixona xabarida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500