Karvonsaroy

AQSH Markaziy Osiyoda suv resurslariga oid hamkorlikni rivojlantirmoqda

Karvonsaroy

TOSHKENT – Dushanba (22-aprel) kuni Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi transchegaraviy Podshoota daryosi kichik havza kengashining ikkinchi qoʻshma uchrashuvini tashkillashtirdi, undan maqsad Markaziy Osiyoda suvdan unumli foydalanishni kafolatlash va transchegaraviy nizolarni bartaraf etishdir, deyiladi Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasining seshanba (23-aprel) kungi bayonotida.

Qurgʻoqchil Markaziy Osiyoda suv tanqisligi anchadan beri nizolarga sabab boʻlib, muntazam transchegaraviy toʻqnashuvlarni keltirib chiqarar edi.

AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) yordamida tashkillashtirilgan tadbir Oʻzbekistonning Namangan shahrida boʻlib oʻtdi. Bu tashkilotlar Markaziy Osiyoning quyi va yuqori davlatlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashmoqda.

Fargʻona vodiysidagi Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi Podshoota kichik transchegaraviy daryo “Smart Waters” loyihasining sakkizta tajriba uchastkasidan biri boʻlib, umumiy suv resurslarini unumli boshqarishga koʻmaklashadi.

“Samarali transchegaviy suv resurslarini boshqarish va hamkorlik Markaziy Osiyoning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi va barqarorligi bilan uzviy bogʻliq”, deb aytgan USAIDning Oʻzbekistondagi rahbari Gari Robbins AQSH elchixonasi bayonotiga koʻra. “Bugungi uchrashuv Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasida umumiy suv resurslarini birgalikda boshqarish yoʻlidagi ijobiy qadamdir.”

Bu orada Oʻzbekiston 2019-yil uchun Sirdaryo va Amudaryo orqali qoʻshni davlatlar bilan irrigatsiya kvotalari boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda seshanba kuni Tashkent Times nashri Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vazirligiga asoslanib xabar bergan.

19-aprel kuni Toshkent shahrida Davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasining (DSXMK) navbatdagi 76-yigʻilishi ishtirokchilari suv omborlari kaskadlarining ishlash rejimi va limitdan foydalanish natijalarini muhokama qildilar.

Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmaniston rasmiylari Orol dengizi havzasidagi davlatlarga yordam koʻrsatish tadbirlari dasturini ishlab chiqish taklifini bildirdilar.

1992-yilning fevral oyida tashkil etlgan DSXMK suv resurslarini boshqarish va transchegaraviy suv havzalaridagi tabiiy jarayonlarning barqarorligini taʼminlashga intiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500