Karvonsaroy

USAID va Qirgʻiziston hamkorlik hujjatini muhokama qildilar

Karvonsaroy

BISHKEK – AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rasmiylari AQSH va Qirgʻiziston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik shartnomasini (BCA) muhokama qilish uchun Bishkekka tashrif buyurdilar. Bu haqda Bishkekdagi AQSH elchixonasining chorshanba (24-aprel) kungi bayonotida xabar berilgan.

Dushanba va seshanba (22-23-aprel) kunlari AQSH elchixonasining siyosiy va iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Tomas Selinger hamda USAID vakillari Jeyms Kellexer va Gari Linden Qirgʻiziston hukumat delegatsiyasi vakillari bilan shartnomaning asosiy maqsadlarini muhokama qildilar.

Prezident Donald Tramp va uning hamkasbi Sooronbay Jeyenbekov oʻzaro manfaatli shartnomani imzolash niyatida ekanliklarini eʼtirof etishgan.

1991-yilda Qirgʻiziston mustaqillikka erishganidan beri AQSHning Qirgʻizistonga koʻmagi mamlakatning iqtisodiy rivoji, harbiy va terrorchilikka qarshi kurash choralari uchun manfaatli boʻlgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Boʻlmasam-chi. Xomtama boʻlma. 93-yilgi avvalgi shartnomaning asl maqsadlari fosh boʻlgan. Ularning nazdida mamlakatimiz uchun demokratiya bu ikki inqilob yoʻlidir. Bizga oʻzimizning yoʻl kerak.

Javob berish