Karvonsaroy

Qirgʻiziston hukumati Suriyada terrorchilik faoliyati olib borishda gumon qilingan fuqaroni hibsga oldi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (GKNB) Suriyada terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlikda ayblangan 28 yashar qirgʻizistonlik fuqaroni hibsga olgan. Bu haqda chorshanba (24-aprel) kuni 24.kg nashri xabar bergan.

Gumondor 2016-yildan beri qoʻporuvchilik harakatlari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan va “Suriyadagi janglarda faol qatnashgan”, deyiladi GKNB bayonotida.

GKNB bayonotiga koʻra, “u 2018-yil noyabr oyida xalqaro terrorchilik tashkilotlari yetakchilari tomonidan yashirin boʻlinmalar tashkil etish va Markaziy Osiyoda qurolli jihod olib borish uchun jangarilarning kelishini kutish maqsadida Suriyadan chiqarilgan edi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500