Karvonsaroy

Qozogʻiston va AQSH rasmiylari terrorizmga qarshi kurashga oid hamkorlikni muhokama qildilar

Karvonsaroy

VASHINGTON, KO – AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo juma (26-aprel) kuni Vashington shahridagi Qozogʻiston prezidentining maxsus vakili va Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) raisi Karim Masimovni qabul qildi. Bu haqda Qozogʻistondagi AQSH elchixonasining dushanba (29-aprel) kungi bayonotida maʼlum qilingan.

Elchixona xabariga koʻra, uchrashuvda terrorizmga qarshi kurash boʻyicha hamkorlik, Qozogʻistondagi prezident almashinuvi bilan bogʻliq tarixiy hodisa va mamlakatda iyun oyida boʻlib oʻtadigan saylovlar masalasi muhokama qilingan.

Uchrashuv chogʻida Pompeo Qozogʻistonning Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik oʻrnatish yoʻlidagi koʻmagini olqishladi.

U shuningdek, Gʻarbiy Xitoyda inson huquqlarining buzilishi bilan bogʻliq holatlarni tilga olar ekan, koʻpchiligi Shinjonda yashovchi etnik qozoqlar boʻlgan jabrlanuvchilarning Amerika Qoʻshma Shtatlari tarafidan qatʼiy qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500