http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/05/02/newsbrief-01

Qirgʻizistonda diniy taʼlimga oid nizom ishlab chiqildi

Karvonsaroy

BIShKEK – Qirgʻizistonda davlatning 2014-2020-yillar uchun moʻljallangan diniy sohadagi siyosatini yanada samaraliroq amalga oshirish maqsadida diniy taʼlimga oid nizom ishlab chiqildi. Bu haqda payshanba (2-may) kuni 24.kg nashri xabar bergan.

Ekstremistlarning diniy taʼlimni suiisteʼmol qilish orqali yoshlar va bolalarni tashviq qilishga urinishi Qirgʻiziston uchun dolzarb muammo boʻlib qolmoqda.

“Mazkur nizom Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi (GKDR) tomonidan ishlab chiqilgan”, dedi Jenevadagi “Bulan instituti” nodavlat tashkiloti vakili Gulnaz Isayeva 24.kg nashriga.

“Davlatning diniy sohadagi siyosatiga oid kontseptsiya juda sust amalga oshirilmoqda”, dedi u 2014-2020-yillarga moʻljallangan rejani nazarda tutib. “Nizom bu boradagi vaziyatni yaxshilash maqsadida qabul qilingan.”

“Biz tushuntirish ishlarini olib boramiz”, dedi u. “Masalan, koʻpchilik madrasalarda taqiqlarga qaramay, yosh bolalarga taʼlim beriladi. Qonunchilikka koʻra esa, diniy muassasalar talabalarni 9-sinfdan keyingina oʻqishga qabul qilishlari mumkin. Nizomda madrasalarning shu kabi qonunbuzarligi uchun javobgarligi koʻrsatib oʻtilgan.”

Nizom diniy taʼlimning asosiy yoʻnalishlari: fuqarolarning diniy taʼlim olish huquqi, diniy taʼlim muassasalari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish masalalarini oʻz ichiga olgan, dedi Gulnaz Isayeva.

Nizomning bajarilishini Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi Qirgʻiziston musulmonlari diniy idorasi bilan birgalikda nazorat qiladi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha