Karvonsaroy

AQSH va turkman rasmiylari Ashxobodda hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

Karvonsaroy

ASHXOBOD – Payshanba (2-may) kuni Ashxabodda AQSH diplomatik delegatsiyasi Turkmaniston rasmiylari bilan uchrashdi. Bu haqda AKIpress axborot agentligi Turkmaniston tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar bergan.

AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha byurosining Markaziy Osiyo ishlari idorasi rahbari Mark Mudi Amerika delegatsiyasiga rahbarlik qildi.

Tomonlar siyosiy va mintaqaviy muammolar, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solishga oid choralarni muhokama qildilar. Soʻnggi yillarda turkmanistonlik chegarachilar bilan afgʻon jangarilari oʻrtasida shiddatli toʻqnashuvlar sodir boʻlgan.

Turkmaniston va AQSH rasmiylari xalqaro maydonlardagi hamkorlik, shu jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan mintaqalararo aloqalarni kengaytirishga qaratilgan “C5+1” mintaqaviy hamkorlik formatinining ahamiyatini alohida taʼkidladilar.

Tomonlar Turkmaniston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida xavfsizlik, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik mexanizmlarini belgilab, Turkmaniston-Amerika ishbilarmonlar kengashining muhim rolini qayd etdilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500