Karvonsaroy

Afgʻon kuchlari tomonidan Markaziy Osiyolik ID yetakchisi va boshqa 3 jangari oʻldirildi

Karvonsaroy

BAGʻLON VILOYATI, Afgʻoniston – Afgʻoniston maxsus kuchlari juma (3-may) kuni Bagʻlon viloyatida “Islom davlati” (ID) guruhining oʻzbek yetakchisini oʻldirdi. Bu haqda Khaama Press axborot agentligi shanba (4-may) kuni Afgʻoniston ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

Kelib chiqishi oʻzbeklardan ekani maʼlum boʻlgan Muftiy Oʻzbek Dahanai Gʻuri tumanida oʻldirilgan, deb xabar beradi vazirlik.

Muftiy Oʻzbek guruhning shimoliy Afgʻonistondagi faoliyatiga rahbarlik qilgan va asosan teraktlarni tashkillashtirish bilan shugʻullangan. Vazirlikka koʻra, u shuningdek, jangarilar taʼminoti va Markaziy Osiyoda ISHIDning moliyaviy qoʻllab-quvvatlanishi uchun masʼul shaxs boʻlgan.

Operatsiya davomida afgʻon harbiylari tomonidan boshqa 3 nafar jangari ham oʻldirilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Hammasi shishirilgan pufakka oʻxshaydi. Faktlar, ismlar qani? Hamma narsa Khaama Press axborot agentligidan olingan. Oʻzlaringizning yangiliklaringiz qayerda?

Javob berish