http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/05/07/newsbrief-01?language_switcher=true

Qozogʻiston Vatan himoyachilari kunini nishonlamoqda

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Seshanba (7-may) kuni Qozogʻistonda qurolli kuchlar tashkil etilgan sana munosabati bilan Vatan himoyachilari kuni nishonlandi. Bu haqda Kazinform nashri xabar berdi.

1992 yil 7-may kuni oʻsha vaqtda prezident boʻlgan Nursulton Nazarboyev milliy armiyani tuzish haqidagi hujjatni imzolagan edi.

Qurolli kuchlar har yili ushbu sanani bayram qilib kelgan, 2012-yildan boshlab esa bu kun milliy bayram deb eʼlon qilingan.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha