Karvonsaroy

Markaziy Osiyoda Gʻalaba kuni nishonlandi

Karvonsaroy

NUR-SULTON/BISHKEK – Payshanba (9-may) kuni Markaziy Osiyo davlatlari Natsist Germaniyasi ustidan qozonilgan gʻalabaning 74 yilligini nishonladi, deb xabar beradi mahalliy ommaviy axborot vositalari.

SSSRdan ajralib chiqqaniga deyarli chorak asr boʻlganiga qaramay, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlari 1945-yilda Natsist Germaniyasi ustidan qozonilgan Gʻalaba kunini milliy bayram sifatida nishonlaydilar.

Qozogʻistonda ushbu sanani nishonlash Nur-Sulton shahrida halok boʻlganlar xotirasiga atab mangu olov oldiga gulchambarlar qoʻyish bilan boshlanadi. Bayram konsert bilan davom etdi, deb xabar berdi Kazinform.

Hukumat maʼlumotlariga koʻra, Ikkinchi jahon urushida 1 800 000 qozogʻistonlik halok boʻlgan, ulardan 630 mingi bedarak yoʻqolgan.

Ayni vaqtda Qirgʻizistonda hukumat yetakchilari va minglab fuqarolar Gʻalaba kunini nishonlash uchun Bishkekda yigʻildilar, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Prezident Sooronbay Jeenbekov, bosh vazir Muhammedkali Abilgaziyev va bir qator rasmiylar halok boʻlganlar xotirasini yodga oldilar.

Tadbirda urush faxriylari, harbiylar, talabalar, maktab oʻquvchilari va chet ellik diplomatlar ham ishtirok etdilar.

Ikkinchi jahon urushida 365 mingdan ortiq qirgʻizistonlik ishtirok etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500