Karvonsaroy

Saylov oldidan Qozogʻistonda hibslar amalga oshirildi, saytlar bloklandi

AFP

OLMAOTA – Payshanba (9-may) kuni Qozogʻiston politsiyasi kelasi oy oʻtkaziladigan saylovlar oldidan hukumatga qarshi namoyish ishtirokchilarini hibsga oldi, shu bilan bir vaqtda mashhur yangiliklar va ijtimoiy tarmoqlar veb-saytlari oʻchirilgan.

AFP muxbirlari Olmaota maydonida Ikkinchi jahon urushida erishilgan Gʻalaba kuni paradi chogʻida namoyishga chiqish chaqiriqlari ortidan 6 kishining hibsga olinganiga guvoh boʻlganlar.

Sobiq senat spikeri va diplomat Qosim-Joʻmart Toʻqayev saylovda gʻalaba qozonishi deyarli aniq ekani aytilmoqda. Uzoq muddatdan beri prezidentlik qilgan Nursulton Nazarboyev mart oyida kutilmaganda isteʼfo berganidan soʻng, Toʻqayevni muvaqqat prezident etib tayinlagandi.

Soʻnggi yillarda Nazarboyev xavfsizlikka oid turli muammolar, jumladan Suriya va Iroqdagi “Islom davlati” (ID) safiga qoʻshilgan yuzlab qozoqlarning radikallashuviga qarshi kurash muammosi bilan toʻqnash kelgan. Yanvar oyi holatiga koʻra, Suriyada kamida 360 nafar qozogʻistonlik bor, degan edi oʻshanda tarazlik siyosatshunos Ruslan Seksenbayev Karvonsaroy bilan suhbatda.

Payshanba kuni internet foydalanuvchilari bir qator mahalliy yangiliklar saytlari, jumladan Ozodlik radiosining qozoq xizmati saytiga kirib boʻlmayotgani haqida shikoyat qilganlar. Facebook, YouTube va Instagram ham ishlamagan.

Shu bilan birga, olmaotaliklar mobil internet xizmatlari ham ishlamayotganini aytganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500