http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/05/10/newsbrief-02?language_switcher=true

Qirgʻizistonda milliy valyutaning 26 yilligi nishonlandi

Karvonsaroy

BIShKEK – Juma (10-may) kuni Qirgʻizistonda milliy pul birligi – soʻmning 26 yilligi nishonlandi. Bu haqda AKIpress nashri xabar bergan.

Qirgʻiziston soʻmni 1993-yil 10-may kuni muomalaga kiritgan. Bu bilan u sobiq Sovet davlatlari orasida rubldan voz kechib, oʻz milliy valyutasini joriy etgan birinchi mamlakat boʻldi. Bu qadam davlatning mustaqil iqtisodiy va pul-kredit siyosatining boshlangʻich nuqtasini belgilab berdi.

“26 yil davomida qirgʻiz soʻmi oradagi iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklarga qaramay, oʻz toʻlov qobiliyatini isbotladi va barqarorligini saqlab qoldi”, deyiladi Milliy bank bayonotida.

1994-yildan 1997-yilgacha chiqarilgan 10 soʻmliklarda Qosim Tinistanov surati aks ettirilgan – u 1938-yilda Stalin qatagʻonlari davrida qatl qilingan shaxsdir. Tinistanov 1920-yilda qirgʻiz tili uchun lotin alifbosini ishlab chiqishda yordamlashgan.

Muomalaga kiritilganidan beri, soʻm “nafaqat mustaqil pul-kredit siyosatining asosiy vositasi, balki suveren davlat mustaqilligining ramzi ham boʻlib qoldi”, degan edi prezident Sooronbay Jeenbekov oʻtgan yili may oyida qirgʻiz soʻmining 25 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan xalqaro anjumanda.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha