Oʻzbekistonda bir nechta xorijiy yangiliklar saytlaridan foydalanish imkoni tiklandi

AFP

TOSHKENT – Oʻzbekistonda hukumatning faoliyatini tanqidiy yoritish bilan tanilgan oʻnlab yangiliklar va huquqbon tashkilotlar saytlariga qoʻyilgan taqiq olib tashlandi, deb xabar berdi hukumat rasmiysi shanba (11-may) kun AFPga.

2016-yilda Shavkat Mirziyoyev iqtidorga kelganidan soʻng, Oʻzbekistonda ochiqlik darajasining ehtiyotkorlik bilan oshirilishi, jumladan, ekstremizm chaqiriqlarini kamaytirishga qaratilgan mamlakat islohotlarining bir qismi boʻldi.

Oʻzbekistonda mahalliy foydalanuvchilarga ayrimlari 10 yildan koʻproq vaqt davomida blokda boʻlgan veb-saytlarga kirish imkoniyatini taqdim etish uchun “maʼlum texnik muammolarni” bartaraf etish choralari koʻrildi, deb xabar bergan mamlakat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov.

Xabarda BBC oʻzbek xizmati, Amnesty International, Human Rights Watch va “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti tilga olingan. “Ozod Yevropa” radiosining oʻzbek xizmati saytiga kirish hamon imkonsizligicha qolmoqda.

Allamjonovning yozishicha, agentlik Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining “ayrim yangiliklar veb-resurslariga kirish muammolari borasidagi faktlarini diqqat bilan oʻrganib chiqqach”, ushbu toʻsiqlarni olib tashlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

1
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha