Karvonsaroy

Dushanbeda Markaziy Osiyodagi aviakompaniyalar vakillarining uchrashuvi oʻtkaziladi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Dushanba (13-may) kuni Markaziy Osiyo aviakompaniyalari vakillari mintaqada fuqarolik aviatsiyasining rivojini muhokama qilish uchun Dushanbe shahriga yigʻiladilar, deb xabar berdi Asia-Plus nashri “Somon Eyr” aviakompaniyasi matbuot xizmatiga asoslanib.

“Somon Eyr” (Tojikiston), “Eyr Astana” (Qozogʻiston), “SCAT” (Qozogʻiston), “QAZAQ Air” (Qozogʻiston), “Uzbekistan Airways” (Oʻzbekiston) va “Avia Traffik” (Qirgʻiziston) kompaniyalari rahbarlari mintaqada fuqarolik aviatsiyasining bugungi holati, iqtisodiy hamkorlik va mintaqaviy tahdidlarni muhokama qiladilar.

Aviakompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlik xalqlar oʻrtasidagi aloqalar mustahkamlanishi va rivojlanishiga yordam berishi kutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500