Karvonsaroy

AQSH hukumati Tojikiston chegara qoʻshinlariga uskunalar hadya qildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – AQSH elchixonasining seshanba (14-may) kungi xabariga koʻra, AQSHning Tojikistondagi elchisi Jon Mark Pommershaym mamlakat chegara qoʻshinlariga hujjatlarni tekshirish uskunalari va immigratsion shtamplarni topshirgan.

Dushanbeda oʻtgan marosimda chegara qoʻshinlari bosh qoʻmondoni, general-polkovnik Rajabali Rahmonali ishtirok etgan.

100 ming AQSH dollariga (943500 somoniy) teng hadya Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston chegara qoʻshinlari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishga oid 500 ming dollarlik (4,7 mln. somoniy) loyihaning bir qismi hisoblanadi.

Loyihadan koʻzlangan maqsad, texnik yordam koʻrsatish va infratuzilmani yaxshilash orqali Tojikiston chegara qoʻshinlarining salohiyatini oshirishdir.

May oyida AQSH elchixonasi, shuningdek, chegara qoʻshinlarining patrul nazorati olib borishiga koʻmaklashuvchi aloqa va transport vositalari uchun 300 ming dollar mablagʻ ajratishi kutilmoqda.

1992-yildan beri AQSH Tojikistonni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar va gumanitar yordam uchun 1,8 mlrd. AQSH dollaridan (17 mlrd. somoniy) ziyod mablagʻ taqdim etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500