Karvonsaroy

Qirgʻizistonda odam savdosi jabrdiydalari uchun boshpanalar barpo etish rejalashtirilmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston odam savdosidan jabrlanganlar uchun boshpanalar barpo etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda dushanba (20-may) kuni Davlat migratsiya xizmati rahbarining oʻrinbosari Samat Toktobolotovga tayanib, 24.kg xabar bergan.

“Islom davlati” (ID) kabi terrorchilik tashkilotlari odam savdosidan oʻz faoliyatini moliyalashtirish va guruh safiga odam yollash vositasi sifatida foydalanadi. Birgina misol, jangarilar safiga qoʻshilayotgan erkaklar uchun jinsiy qullar sifatida foydalanish maqsadida ID Iroqdagi yazidiy xotin-qizlarni oʻgʻirlagan edi.

“Biz Qirgʻizistonda ikkita shelter (boshpana) ochish imkoniyatini oʻrganmoqdamiz, biri – mamlakat shimolida, ikkinchisi – janubda”, dedi Toktobolotov. “Ularni moliyalashtirish, donorlarning ishtiroki masalalari muhokama qilinmoqda. Ular davlat-xususiy sherikligi asosida yoki davlat buyurtmasi bilan barpo etilishi mumkin.”

Toktobolotovga koʻra, mazkur boshpanalar odam savdosi jabrdiylarining xavfsizligi, ularga tibbiy-psixologik koʻmak koʻrsatish uchun zarur.

Davlat migratsiya xizmatining maʼlum qilishicha, Qirgʻizistonda yil boshidan beri odam savdosi bilan bogʻliq toʻrtta jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. 2018-yilda esa sakkizta shunday holat qayd etilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500