YXHT yetakchisi mintaqaviy hamkorlikni Markaziy Osiyodagi xavfsizlikning muhim omili deb hisoblaydi

Karvonsaroy

ASHXOBOD – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Miroslav Laychak seshanba (21-may) kuni Turkmanistonga qilgan tashrifi davomida Yevroosiyo xavfsizligida Markaziy Osiyoning strategik ahamiyatini alohida taʼkidlab oʻtdi.

“Turkmaniston sivilizatsiyalar chorrahasi boʻlib xizmat qilgan. Shu sabab ishtirokchilar, qoʻshnilar va davlatlarni birlashtirishda muhim rol oʻynashi aniq”, deb aytgan Laychak YXHT bayonotiga koʻra. Turkmaniston Ashxobodda YXHT markazi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markaz boʻlib xizmat qilayotganini olqishladi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va Mejlis raisasi Gulshat Mammedova bilan uchrashuvi davomida Laychak “mintaqaviy, jumladan Afgʻoniston bilan hamkorlik va muloqot borasida ijobiy mujdalarni” oldi, deyiladi YXHT bayonotida.

YXHT va Turkmaniston “qonun ustuvorligi, aloqalar, boshqaruv va energetik xavfsizlik” sohalarida hamkorlikni yanada kuchaytirish salohiyatiga ega, deb aytgan Laychak.

Sizga maqola yoqdimi?

1
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha