Nur-Sultonda tinchlikparvarlik texnologiyalariga bagʻishlangan BMT simpoziumi boʻlib oʻtadi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Qozogʻiston mudofaa vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 28-31-may kunlari Nur-Sultonda tinchlikparvarlik texnologiyalari boʻyicha hamkorlikka bagʻishlangan 5-xalqaro simpoziumni oʻtkazadi. Bu haqda chorshanba (22-may) kuni Kazinform nashri xabar bergan.

Simpozium davlatlar, akademiyalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida tinchlikparvarlik faoliyati samaradorligini yaxshilash uchun aloqa oʻrnatish maydoni boʻlib xizmat qiladi, deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.

Tadbirda vaziyatdan xabardorlik, qoʻlbola portlovchi qurilmalar tahdidlarini boshqarish va zarar taʼsirini kamaytirish, tinchlikparvarlar xavfsizligini taʼminlashda texnologik innovatsiyalar kabi mavzular muhokama qilinadi.

Oʻtgan yil oktabr oyida Qozogʻiston Livandagi BMT muvaqqat kuchlari safiga 120 askardan iborat tinchlikparvarlar guruhini yuborgan edi.

Hozirda ikki nafar qozogʻistonlik zobit Gʻarbiy Sahroi Kabirda BMTning referendum oʻtkazish missiyasida harbiy kuzatuvchi sifatida xizmat qilmoqda.

2019-yil boshida Qozogʻistondagi “Tinchlik yoʻlidagi hamkorlik” oʻquv markazida butun dunyo mamlakatlari harbiy xizmatchilari uchun BMT tinchlikparvarlik kurslari oʻtkazilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

2
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha