http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/05/23/newsbrief-01

YXHT raisi 25 yillik hamkorlik uchun Tojikistonni olqishladi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi Miroslav Laychak Dushanbeda Tojikiston yetakchilari bilan uchrashar ekan, 25 yillik hamkorlikka yuqori baho berdi. Bu haqda payshanba (23-may) kuni YXHT saytida xabar berilgan.

Laychak Markaziy Osiyoning uch davlatiga tashrifini chorshanba (22-may) kuni Tojikistonga borish bilan yakunladi va xavfsizlik boʻyicha hamkorlik kengashiga toʻrt oylik raislikni qabul qilgani bilan Tojikistonni tabrikladi.

Dushanbega tashrifi davomida Laychak prezident Emomali Rahmon, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffar Husaynzoda va parlamentning yuqori palatasi spikeri Mahmadsaid Ubaydulloyevlar bilan muzokara oʻtkazdi.

Laychak 25 yildan buyon Dushanbedagi YXHT dasturlari idorasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlayotgani va YXHTning yetakchi tashabbuslaridan biri - chegara boshqaruvi xodimlari kollejini tashkil qilgani uchun Tojikistonga minnatdorlik bildirgan.

U YXHT Tojikistonning Afgʻoniston bilan aloqalarini qoʻllab-quvvatlashga sodiq ekanligini taʼkidladi.

Laychak YXHTning minalarni tozalash, chegara xavfsizligini boshqarish, gender tengligini taʼminlash va tadbirkorlikka koʻmaklashish borasidagi ishlarini alohida urgʻulagan.

“Tojikiston va YXHT birgalikda uzoq masofani bosib oʻtdi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha