Karvonsaroy

Rahmon tojik harbiy maktabini ochib berdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Seshanba (28-may) kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va uning oʻgʻli Dushanbeda yangi harbiy gimnaziyaning ochilishida ishtirok etdilar, deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.

Buyuk Kir avlodlari nomli harbiy gimnaziya uchta ikki qavatli binodan iborat boʻlib, 100 nafar oʻquvchini sigʻdira oladi. Maktab mamlakat chegara qoʻshinlariga tegishli.

Oʻquvchilarning aksariyatini yetim bolalar tashkil etishi kutilmoqda.

Maktabning ikki yillik oʻquv dasturi asosiy fanlar bilan birga, ingliz, xitoy, turk va rus tili darslarini ham oʻz ichiga oladi. Bitiruvchilar Tojikiston, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlardagi harbiy akademiyalarda tahsilni davom ettirishlari mumkin, deyiladi xabarda.

Gimnaziyaning ochilishi 28-may – Tojikistonda chegara qoʻshinlari kuniga bagʻishlangan tadbirlar doirasida boʻlib oʻtgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Yetim-yesirlar uchun toʻgʻri ish bu

Javob berish