Karvonsaroy

Texno-festivalda oʻzbek askarlarining ixtirolari namoyish qilindi

Karvonsaroy

TOSHKENT – 300 dan ortiq oʻzbek askarlari shanba va yakshanba (25-26-may) kunlari mamlakatda ilk bor oʻtkazilgan “Techno Discovery - 2019” festivalida oʻz harbiy ixtirolarini namoyish etdilar. Bu haqda Oʻzbekiston milliy axborot agentligi xabar berdi.

Tadbir Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi harbiy poligonda boʻlib oʻtdi.

Harbiylar tomonidan yaratilgan ixtirolar qatorida suv tagida harakatlanadigan robot, avtomatni masofadan turib boshqarish qurilmasi, 1000 metr uzoqlikkacha tunda koʻrish imkoniyatiga ega avtomatlar taqdim etildi.

Tadbirda mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov va vazirlikning boshqa mutasaddilari ishtirok etdilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500